Turonbankning ishlab chiqarish XXI seminari
“Turonbank” АTBni transformatsiya qilish maqsadida Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlik oʼrnatildi va ular tomonidan 2020 yil yanvar-fevral oylarida bank faoliyati dastlabki diagnostikadan oʼtkazildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) bilan birgalikda Turonbankni 2022-2025 yillar davomida toʼliq transformatsiya qilish boʼyicha “Yoʼl xaritasi” ishlab chiqildi. Shuningdek, 2022 yil 31 avgust kuni Turonbankni toʼliq transformatsiya qilish yuzasidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan navbatdagi kelishuv shartnomasi imzolandi.
Ishniyazov Otabek tomonidan Risk boʼyicha asosiy tushunchalar, Kredit riski, Likvidlilik riski, Operatsion risk, Risk appetiti, Risk limitlari, Stress test to‘g‘risida va Transformatsiya doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda Transformatsiyadan kutilayotgan natija
boyicha malumotlar berdi. Maruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
- Трансформация риска ласт.pptx ( 1.67mb )